“Quvvatla va haydab ket” reklama aksiyasida ishtirok qilish uchun oferta

Mazkur taklif “Quvvatla va haydab ket” aksiyasi Tashkilotchisi – «INTER FOOD PLUS» Mas’uliyati cheklangan jamiyat (bundan buyon matnda – “Tashkilotchi” deb yuritiladi), O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ro’yxatdan o’tkazilgan, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 1-tor ko’cha, 24, 25, 25a-uy manzili bo’yicha joylashgan yuridik shaxsning har qanday balog’at yoshiga to’lgan yuridik salohiyatli jismoniy shaxsga yo’naltirilgan Ommaviy ofertasi hisoblanadi.

 

1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
 

Mazkur Oferta maqsadlari uchun quyida keltirilgan atamalar va ta’riflar quyidagicha talqin qilinadi: 
1.    «Oferta» – mazkur hujjat WWW.FLASHUP-PROMO.UZ manzili bo’yicha Internet tarmog’ida joylashtirilgan “Reklama aksiyasida ishtirok qilish uchun Oferta”. 
1.2. «Aksiya» – «INTER FOOD PLUS» MChJ marketing tadbiri bo’lib, uning vazifasi “Flash Up” tovar belgisi ostida mahsulotni ommalashtirishdan iborat.
1.3. «Ishtirokchi» – O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, ushbu davrda amaldagi Aksiya o’tkazish qoidalariga muvofiq Aksiya Ishtirokchisi hisoblangan va oferta shartnomasini akseptlagan 18 yoshga to’lgan yuridik salohiyatli jismoniy shaxs.
1.4. «Aksept» – Ishtirokchi tomonidan Shartnomada va Aksiya o’tkazish qoidalarida (bundan buyon matnda – “Qoidalar”) nazarda tutilgan talablar to’liq hajmda bajarilishida ifodalangan va huquqiy oqibatlarga olib keladigan Ishtirokchining Shartnoma shartlariga roziligi.
1.5. «Sayt» – Aksiya o’tkazish qoidalari joylashtirilgan Aksiyaning rasmiy sayti: WWW.FLASHUP-PROMO.UZ.
1.6. «Sovrin» – Aksiya ishtirokchisi tomonidan Qoidalarda belgilangan barcha kerakli shartlar bajarilgan holatda, unga taqdim qilinadigan sovrin.
1.7. Mazkur Ofertada ushbu bobda belgilanmagan atamalar ham ishlatilishi mumkin. Bunday holatda, bunday atamaning talqin qilinishi Oferta matniga va Aksiya o’tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Oferta matnida va Aksiya o’tkazish qoidalarida atamani bir xil talqin qilish mavjud bo’lmagan holatda, birinchi navbatda – Aksiya o’tkazish qoidalari joylashtirilgan saytda belgilangan atama talqiniga, ikkinchi navbatda – Internet tarmog’ida joylashtirilgan atama talqiniga amal qilinishi kerak.
 

2. HUQUQIY ASOS
 

2.1. Mazkur shartlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq Tashkilotchining jismoniy shaxslarga yo’naltirilgan Aksiyada ishtirok qilishning muhim shartlarini o’z ichiga olgan Ommaviy ofertasi (taklifi) hisoblanadi. 
2.2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi 221-I-sonli, 2019 yil 02 iyuldagi “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida”gi O’zRQ-547-sonli qonunlari va O’zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
2.3. Shartnoma Aksiya Ishtirokchisi tomonidan Tashkilotchining Ofertasini akseptlash (qabul qilish) orqali tuziladi. Ishtirokchi tomonidan WWW.FLASHUP-PROMO.UZ. manzili bo’yicha Aksiya saytida (bundan buyon matnda – “Sayt”) ro’yxatdan o’tkazish namunasini to’ldirish bo’yicha harakatlarning amalga oshirilishi va Aksiya o’tkazish qoidalarida belgilangan harakatlarning amalga oshirilishi Tashkilotchi Ofertasining to’liq va qat’iy aksepti hisoblanadi. 
2.4. Ofertani akseptlash Ishtirokchining Shartnomaning barcha qoidalariga va Aksiya o’tkazish qoidalariga roziligini va ularga rioya qilish majburiyatini olishini anglatadi.

 

3. SHARTNOMA PREDMETI
 

3.1.  Mazkur Shartnomaga asosan Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisiga Aksiya o’tkazish qoidalarida belgilangan shartlarda Tashkilotchi tomonidan o’tkaziladigan Aksiyada ishtirok qilish va Sovrin g’olibi bo’lish imkoniyatini taqdim qilish majburiyatini oladi, Aksiya Ishtirokchisi esa mazkur Ofertani va Aksiyada ishtirok qilish qoidalarini qabul qilish majburiyatini oladi. 
3.2.  Aksiya to’g’risida, Aksiya o’tkaziladigan sana, joyi, vaqti to’g’risidagi batafsil axborot va boshqa tegishli ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan Aksiyani o’tkazish davri mobaynida WWW.FLASHUP-PROMO.UZ. manzili bo’yicha Saytda joylashtiriladi. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan mazkur Oferta shartlariga va Aksiya o’tkazish qoidalariga muvofiq Oferta akseptidan so’ng xizmatlar ko’rsatishni boshlaydi.
 

4. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

 

4.1.    Tashkilotchi quyidagi majburiyatlarni oladi: 
4.1.1. Aksiya o’tkazish qoidalarini WWW.FLASHUP-PROMO.UZ. Saytida ochiq foydalanish uchun o’z vaqtida joylashtirish.
4.1.2. Aksiya o’tkazish qoidalarida belgilangan tartibda Aksiyani o’tkazish. 
4.1.3. Ishtirokchiga Aksiya o’tkazish qoidalari joylashtirilgan Internet-resurslardan va Ishtirokchining Shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish. 
4.1.4. Aksiya o’tkazish qoidalariga muvofiq Sovrinlarni olish huquqiga ega Ishtirokchilarni aniqlash. 
4.1.5. Aksiya Sovrinlarini olish huquqiga ega Ishtirokchilarni ularning Sovrinni olish huquqi to’g’risida xabardor qilish. 
4.1.6. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok qilish barcha qoidalariga rioya qilingan holatda, Aksiyada ishtirok qilish qoidalarida belgilangan Sovrinni Ishtirokchiga shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali o’z vaqtida topshirish.
4.2.   Ishtirokchi quyidagi majburiyatlarni oladi: 
4.2.1. WWW.FLASHUP-PROMO.UZ. manzili bo’yicha joylashtirilgan Aksiya o’tkazish qoidalari, muddatlari va shartlari to’g’risida to’liq hajmli axborot bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish.
4.2.2. Mazkur Oferta va Aksiyada ishtirok qilish qoidalarida nazarda tutilgan barcha majburiyatlarga, harakatlar tartibiga va shartlarga rioya qilish. 
4.3.    Tashkilotchi quyidagilarga haqli: 
4.3.1. Ishtirokchi tomonidan Shartnomaning 4.2-bandi yoki boshqa qoidalari buzilgan holatda, bir tomonlama tartibda Xizmatlar ko’rsatilishini to’xtatib qo’yish yoki Shartnomani bekor qilish. Ishtirokchiga kommunikasiya vositalari orqali axborot xatlari va bildirish xatlarini, shu jumladan Ishtirokchining Tashkilotchi bilan o’zaro hamkorligi imkoniyatlari to’g’risidagi axborotni va Shartnoma bo’yicha Taraflarning huquqiy munosabatlariga tegishli boshqa axborotni o’z ichiga olgan xatlarni yuborish. 
4.3.2. Aksiya o’tkazish qoidalari talablarini bajarmagan ishtirokchiga Sovrin berilishini rad qilish. 
4.4.    Ishtirokchi quyidagilarga haqli: 
4.4.1. Aksiya qoidalarida belgilangan shartlarni bajargan va Tashkilotchi tomonidan g’olib deb topilgan har bir Ishtirokchi Sovrinni olish huquqiga ega.
 

5. AKSIYADA ISHTIROK QILISH NARXI

 

5.1. Aksiyada ishtirok qilish bepul hisoblanadi. 
5.2. Aksiya sovrinlarini berish fondi Aksiya Tashkilotchisining mablag’lari hisobidan shakllantiriladi. 
5.3.  Aksiya o’tkazish qoidalarida Aksiya sovg’alarini berish tartibi belgilangan. 
5.4. Aksiya o’tkazish qoidalarida belgilangan Aksiya o’tkazish muddatlarida talab qilib olinmagan sovrinlar Tashkilotchining mulk egaligida qoladi, Tashkilotchi ulardan o’z xohishiga ko’ra foydalanishi mumkin.
 

6. QO’SHIMCHA SHARTLAR

 

6.1. Aksiyada ishtirok qilish fakti Aksiya Ishtirokchilarining Aksiya qoidalari bilan tanishib chiqqanliklarini va ularga rozilik bildirganliklarini anglatadi. 
6.2. Tashkilotchi Ishtirokchi bilan yozma muzokaralarga yoxud boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o’zida saqlab qoladi, Aksiya qoidalarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 
6.3. Aksiyani o’tkazish natijalari yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi. 
6.4. Aksiya Tashkilotchisi, shuningdek uning tomonidan vakolat berilgan shaxslar Ishtirokchi ulangan Internet-provayder tarmog’idagi Aksiyada ishtirok qilish uchun vazifani bajarish imkoniyatini bermaydigan texnik to’xtalishlar; Ishtirokchi ulangan internet-aloqa operatori va Aksiyada ishtirok qilish uchun vazifani bajarish jarayoniga jalb qilingan boshqa shaxslarning harakatlari/ harakatsizligi; Ishtirokchining Aksiya natijalari bilan tanishib chiqmaganligi, shuningdek aloqani tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan yoki Tashkilotchiga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra Ishtirokchidan Sovrinlarni olish uchun kerakli ma’lumotlar olinmaganligi; shuningdek Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok qilish qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganligi (o’z vaqtida bajarilmaganligi) uchun javobgar bo’lmaydi. 
6.5. Aksiya Tashkilotchisi, shuningdek uning tomonidan vakolat berilgan shaxslar Ishtirokchining Aksiya natijalari bilan tanishib chiqmaganligi, shuningdek Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok qilish qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganligi (o’z vaqtida bajarilmaganligi) uchun Ishtirokchi oldida javobgar bo’lmaydi. 
6.6. Tashkilotchi Ishtirokchi xatolarining har qanday oqibatlari, shu jumladan (boshqa oqibatlardan tashqari) Ishtirokchi tomonidan qilingan xarajatlar uchun javobgar bo’lmaydi. 
6.7. Aksiya Sovrinlarini olish huquqiga ega barcha Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok qilish bilan bog’liq barcha xarajatlarini (shu jumladan, cheklanishlarsiz, Internetdan foydalanish bilan bog’liq xarajatlarni) mustaqil ravishda to’laydilar, Aksiyada ishtirok qilish qoidalarida Tashkilotchi hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar sifatida bevosita ko’rsatilgan xarajatlar bundan mustasno.

 

7. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNI BEKOR QILISH TARTIBI

 

7.1. Aksiyani o’tkazish muddatlari Aksiyani o’tkazish qoidalarida belgilangan. 
7.2. Ishtirokchi Ofertani akseptlash orqali, mazkur Ofertaning shartlari tartibida, Oferta shartlarida Shartnoma tuzadi (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367, 369, 370-moddalari). 
7.3. Shartnoma Ishtirokchi tomonidan Oferta akseptlangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va quyidagi muddatgacha amal qiladi: 
• Taraflar tomonidan Shartnoma bo’yicha majburiyatlar bajarilgan paytgacha; 
• Shartnoma bekor qilingan paytgacha. 
7.4. Ishtirokchi Ofertaga va/yoki majburiy hujjatlarga o’zgartishlar kiritilishi Ishtirokchi va Tashkilotchi o’rtasida tuzilgan va amaldagi Shartnomaga ushbu o’zgartishlar kiritilishiga olib kelishiga hamda Shartnomaga kiritiladigan ushbu o’zgartishlar Ofertaga va/yoki majburiy hujjatlarga bunday o’zgartishlar bilan bir vaqtda kuchga kiritilishiga rozilik bildiradi va buni e’tirof qiladi. 
7.5. Shartnomaning amal qilish muddati mobaynida Tashkilotchi tomonidan Oferta qaytarib olingan holatda, agar Tashkilotchi tomonidan Ofertani qaytarib olishda boshqacha belgilanmagan bo’lsa, Oferta qaytarib olingan paytdan e’tiboran Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. 
7.6. Shartnoma quyidagi holatlarda: Taraflarning o’zaro kelishuviga asosan istalgan vaqtda; boshqa Taraf tomonidan Shartnoma shartlari buzilgan holatda, boshqa Taraf yozma ravishda xabardor qilingan holda, Taraflardan birining tashabbusiga ko’ra bekor qilinishi mumkin. 
7.7. Ofertada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra Shartnoma bekor qilinishi mumkin.
 

8. OFERTA AKSEPTI, SHARTNOMA TUZISH

 

8.1. Ishtirokchi tomonidan Tashkilotchi bilan Shartnoma tuzilishi quyidagi harakatlar ketma-ket bajarilishi natijasida Ofertani akseptlash orqali amalga oshiriladi:
• Aksiya Saytida ro’yxatdan o’tkazish namunasi shaklida e’lon qilingan anketaning Ishtirokchi tomonidan to’ldirilishi;
• Aksiya o’tkazish qoidalarida Aksiyada ishtirok qilish uchun qayd etilgan harakatlarning amalga oshirilishi. 
8.2.  Ishtirokchi Tashkilotchining oldindan yozma roziligisiz Shartnoma bo’yicha o’z huquqlarini uchinchi shaxs foydasiga voz kechishga yoki biron-bir tarzda o’tkazishga haqli emas.
8.3.  Ishtirokchi tomonidan har qanday kommunikativ aloqa vositalaridan foydalanilgan holda Tashkilotchi nomiga yuborilgan va Aksiya Ishtirokchisining yagona kodini o’z ichiga olgan barcha xat-xabarlar, ilovalar va boshqa ma’lumotlar Ishtirokchi tomonidan amalga oshirilgan deb e’tirof qilinadi. Qayd etilganlar bilan cheklanmagan holda, Tashkilotchining talabiga asosan ushbu xat-xabarlar/ ma’lumotlar Ishtirokchi tomonidan Tashkilotchi nomiga qog’oz tashuvchi vositada yuborilishi kerak. 
8.4. Shartnoma tuzgan Ishtirokchi Aksiya Qoidalari va shartlariga asosan Tashkilotchining Aksiyasida ishtirok qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Barcha o’zgartishlar Oferta shartlariga muvofiq e’lon qilinganidan so’ng qonuniy kuchga kiradi va bunday e’lon qilingan paytdan e’tiboran Ishtirokchi xabardor qilingan hisoblanadi.
 


9. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

9.1. Shartnoma, uning tuzilishi va ijrosi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
9.2. Ofertada hal qilinmagan yoki to’liq hal qilinmagan barcha masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi. 
9.3. Mazkur Shartnoma shartlari buzilganligi uchun Taraflar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida va Shartnomada nazarda tutilgan tartibda javobgar bo’ladilar.
9.4. Tashkilotchining Internet saytida joylashtirilgan barcha matnli axboroti, grafik tasvirlari va xizmatlari qonuniy huquqqa ega bo’lib, qayd etilgan axborot va tasvirlardan noqonuniy foydalanish O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ta’qib qilinadi.
9.5. Mazkur Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari bajarilmaganligi yoki tegishlicha bajarilmaganligi bilan bog’liq barcha nizolarni Taraflar muzokaralar davomida hal qiladilar.
9.6. Muzokaralar davomida kelishuvga erishilmagan holatda, nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Tashkilotchining turar-joy manzili bo’yicha umumiy yurisdiksiya sudida hal qilinadi.


10. FORS-MAJOR
 

10.1. Taraflardan istalgan biri mazkur Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari to’liq yoki qisman bajarilmaganligi mazkur Shartnoma tuzilganidan so’ng paydo bo’lgan yengib bo’lmas kuch vaziyatlari oqibatida yuzaga kelgan bo’lsa, bunday bajarilmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
10.2. Yengib bo’lmas kuch vaziyatlari (fors-major) – Taraflarning xohish-irodalariga va harakatlariga bog’liq bo’lmagan va mazkur Shartnoma bo’yicha qabul qilingan o’z majburiyatlari bajarilmasligiga sabab bo’lgan tabiat hodisalari tufayli yuzaga kelgan tegishli sharoitlarda favqulodda, oldini olib bo’lmaydigan va kutilmagan vaziyatlar (zilzila, o’pirilishlar, bo’ronlar, qurg’oqchiliklar va h.k.) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamallar, davlat manfaatlarida import va eksport uchun taqiqlar va h.k.).
10.3. Taraflardan biron-biriga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi amaldagi qonun hujjatlari yoki normativ hujjatlardagi o’zgarishlar Yengib bo’lmas kuch vaziyatlari sifatida baholanmaydi, biroq Taraflardan istalgan biriga mazkur Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlaridan istalgan birini bajarish imkonini bermaydigan o’zgartishlar kiritilgan holatda, Taraflarga mazkur Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari bajarilishi davom ettirilishini ta’minlash maqsadida Taraflar darhol ushbu muammoni bartaraf etish bo’yicha ishlar tartibiga doir qaror qabul qilishlari kerak.

 

11. BOSHQA SHARTLAR

 

11.1. Mazkur Ofertani akseptlagan holda, xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar o’tkazish, marketing dasturlarini, statistik tadqiqotlarni amalga oshirish, shuningdek turli aloqa vositalari yordamida, shu jumladan, biroq cheklanmagan holda: pochta jo’natmalari, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, Internet tarmog’i yordamida Ishtirokchi bilan bevosita aloqalarni amalga oshirish orqali bozorda xizmatlarni rivojlantirish uchun tegishli ma’lumotlarni ishlash (shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi hududida to’plash, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, o’zgartirish), ishlatish, tarqatish, egasiz qilib qo’yish, blokirovka qilish, yo’q qilish) maqsadida Ishtirokchi taqdim qilgan o’z shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili, uy, ishxona, mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzili to’g’risidagi ma’lumotlarning Aksiya Tashkilotchisi tomonidan ishlanishiga, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarning O’zbekiston Respublikasi hududida to’planishi, tizimlashtirilishi, yig’ilishi, saqlanishi, aniqlik kiritilishi (yangilanishi, o’zgartirilishi), ishlatilishi, tarqatilishi, egasiz qilib qo’yilishi, blokirovka qilinishi, yo’q qilinishiga, shuningdek ularning Tashkilotchi kontragentlariga uzatilishiga o’z roziligini tasdiqlaydi va ruxsat beradi.
11.2. Bir tomondan Shartnoma matni va ikkinchi tomondan Qoidalar matni o’rtasida farq mavjud bo’lgan holatda, Qoidalar matni ustuvor kuchga ega bo’ladi.

Ommaviy oferta matni bilan diqqat-e’tibor bilan tanishib chiqing, agar Siz ofertaning biron-bir bandiga rozi bo’lmasangiz, Tashkilotchi tomonidan o’tkaziladigan Aksiyada ishtirok qilishni rad etishga va mazkur Ofertada belgilangan harakatlarni amalga oshirmaslikka haqlisiz.

Kodni kiriting
Вы должны авторизоваться на сайте чтоб отправить код
Parolni tiklash
Telefon raqam
Sizning telefon raqamingizga
tasdiqlash uchun SMS kodi yuborildi!
Yangi parol
Parolni tasdiqlang
Tasdiqlash SMS kodi
Parol o'zgartirildi!
Shaxsiy kabinetga kirish
Telefon raqam
Parol
Ro'yxatdan o'tish uchun
shaxsiy ma'lumotlaringizni kiriting
Familiya
Ism
Jinsingiz
Tug'ilgan sanangiz
Viloyat
Telefon raqam
Sizning telefon raqamingizga
tasdiqlash uchun SMS kodi yuborildi!
Parol
Parolni tasdiqlang
Tasdiqlash SMS kodi