Aksiyaning to'liq qoidalari

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. “Quvvatla va haydab ket” aksiyasi (bundan buyon matnda – “Aksiya” deb yuritiladi) “Flash Up” tovar belgisi ostida Mahsulotni ommalashtirish maqsadiga yo’naltirilgan tadbirlar majmuini o’z ichiga olgan reklama aksiyasi hisoblanadi. Tadbir faqat reklama xususiyatiga ega bo’lib, lotereya, garov o’yini yoxud tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yin hisoblanmaydi, Tashkilotchi tomonidan foyda yoxud o’zga daromad olinishini maqsad qilmaydi, Mahsulot savdo-sotiqlari oshishi bilan bog’liq emas, shu tufayli majburiy ro’yxatdan o’tkazilishni yoki tegishli davlat organlariga bildirish xati yuborilishini talab qilmaydi. 
Mazkur Aksiyaga O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 983, 984-moddalarida nazarda tutilgan me’yorlar joriy qilinmaydi, shuningdek Lotereyani tashkillashtirish va o’tkazish tartibi to’g’risida Nizomda nazarda tutilgan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-sonli Qarori bilan tasdiqlangan) tartib tatbiq qilinmaydi.
Aksiya mazkur shartlarga (bundan buyon matnda – “Qoidalar”) muvofiq o’tkaziladi. Aksiyada ishtirok qilish huquqi bunday ishtirok, shu jumladan Internetdan foydalanilganlik uchun haq to’lash bilan bog’liq emas, Aksiyaning sovrin fondi Ishtirokchilar tomonidan haq to’lash, shu jumladan Internetdan foydalanilganlik uchun haq to’lash hisobiga shakllantirilmaydi, Aksiya ishtirokchisi Aksiyada ishtirok qilish bilan bog’liq xavflar uchun javobgar bo’lmaydi.
1.2. O’zbekiston Respublikasi hududi Aksiya o’tkaziladigan hudud hisoblanadi.
1.3. Aksiyada ishtirok qiladigan mahsulot (bundan buyon matnda – “Mahsulot”): 
“Flash Up” brendi ostida “TAURIN VA KOFEINLI FLESh AP ENERGIYa” energetik ichimligi, 0.45 l yoki 0.33 l hajmli alyuminiy bankada, quyidagi ko’rinishga ega:
• O’ram idishning maxsus dizayni, unda: 
• Bankaning old qismida avtomobil tasviri va Aksiyaning nomi: “Zaryadla va safarga otlan” yozuvi joylashtirilgan;
• Bankaning yon qismida Aksiya tashkilotchisi to’g’risida axborot, Aksiyaning qisqacha qoidalari, Aksiyani o’tkazish muddatlari qayd etilgan, shuningdek Aksiya to’g’risidagi axborot manbai, sovrinlar soni, ularni olish muddatlari, joyi va tartibiga doir ma’lumotlar keltirilgan;
• Bankaning yuqorigi konturi bo’yicha “Aksiya”, “Kalit kodi” yozuvi joylashtirilgan;
• Banka kaliti dizayni: kalitning ichki tomonida 9 ta belgidan iborat Yagona kod joylashtirilgan.
1.4. Aksiyada ishtirok qilayotgan Mahsulotning qiymati Aksiya o’tkaziladigan muddatlardan tashqari xuddi shunday Mahsulot qiymatidan yuqori emas. Shunday qilib, Aksiyada ishtirok qilayotgan Mahsulotni xarid qilish orqali Ishtirokchi Aksiyadagi ishtiroki uchun hech qanday qo’shimcha haq to’lamaydi. Aksiyada ishtirok qilish ixtiyoriy hisoblanadi.

2. QOIDALARDA ISHLATILGAN TA’RIFLAR

2.1. Aksiya ishtirokchisi – O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, 18 yoshga to’lgan yuridik salohiyatli jismoniy shaxs, Qisqa raqamga SMS-xabar yuborish orqali ro’yxatdan o’tkazilgan yoxud mazkur Qoidalarning 7.1-bandida ko’rsatilgan shartlarga asosan Saytda ro’yxatdan o’tkazilgan, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, Aksiyada ishtirok qilish uchun cheklanishlarga ega bo’lmagan yakka tartibda belgilangan foydalanuvchi.
2.2. Yagona kod – Aksiyada ishtirok qilayotgan Mahsulotning har bir birligi uchun yagona bo’lgan, Mahsulotning har bir birligida banka kalitining ichki tomoniga tushirilgan raqamlar va harflardan iborat shaxsiy raqam.
2.3. Abonentlik qurilmasi – matnli xabarlarni tuzish va yuborish imkoniyatini beradigan ko’chma (mobil, uyali) aloqa tarmog’iga ulanadigan foydalanuvchi uskunasi (mobil telefon, smartfon, kommunikator, shaxsiy kompyuter va b.). 
2.4. SMS-xabar – Abonentlik qurilmasi yordamida yuboriladigan va qabul qilib olinadigan matnli xabar.
2.5. Sayt – Aksiyada ishtirok qilish to’g’risida ommaviy ofertani joylashtirish, mazkur Qoidalarni, Aksiya o’tkaziladigan muddatlar to’g’risida axborotni, sovrinlar soni, ularni olish muddatlari, joyi va tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni joylashtirish maqsadida kompyuterlar, planshetlar va smartfonlarda ko’rib chiqish uchun optimallashtirilgan Aksiya o’tkazish uchun tashkil etilgan internet-sayti: WWW.FLASHUP-PROMO.UZ.
2.6. Ommaviy Oferta – O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasida belgilangan, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi 18 yoshga to’lgan yuridik salohiyatli jismoniy shaxslarning nomuayyan doirasiga yo’naltirilgan, Aksiyaning barcha muhim shartlarini o’z ichiga olgan taklif bo’lib, unda taklif qiluvchi shaxsning (oferentning) mazkur Qoidalarda belgilangan shartlarda Aksiyada ishtirok qilishga taklif etish maqsadi nazarda tutiladi.
Aksept – mazkur Qoidalarda belgilangan shartlarda Aksiyada ishtirok qilish taklifiga (ofertaga) nisbatan huquqiy oqibatlarga olib keladigan rozilik.
2.7. Qisqa raqam – 3800, mazkur Qoidalar shartlariga asosan, Aksiya ishtirokchilari tomonidan SMS-xabarlar uzatish uchun mo’ljallangan.
2.8. Chat-bot Telegram – Telegram messendjerda quyidagi manzil bo’yicha juda tez (bir lahzali) xabarlar almashinuvi servisi: @flashupbot.
2.9. Ekspert komissiyasi – Aksiyani o’tkazish va Aksiya g’oliblarini tanlash tadbirlarining barcha shartlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Tashkilotchi tomonidan jalb qilingan xodimlar. 
2.10. Sovrin («Mobil telefonga pullar», «Har haftalik o’yin sovrinlari», «Har oylik o’yin sovrinlari», «Bosh sovrin – Avtomobil») – mazkur Aksiya Qoidalari shartlariga asosan G’oliblarga topshiriladigan sovrinlar.
2.11. Shaxsiy kabinet – Ishtirokchi tomonidan Saytda ro’yxatdan o’tkazilganda tuzilgan uning virtual akkaunti bo’lib, u shaxsiy ma’lumotlarni, ro’yxatdan o’tkazilgan Yagona kodlar va yutib olingan Sovrinlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga oladi.
2.12. G’olib – mazkur Aksiya Qoidalariga muvofiq Sovrinni olish huquqiga ega bo’lgan Ishtirokchi.

3. AKSIYA TASHKILOTCHISI

3.1. Aksiya tashkilotchisi quyidagi hisoblanadi: «INTER FOOD PLUS» MChJ, pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, 100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 1-tor ko’cha, 24, 25, 25a-uy. Bank rekvizitlari: Sergeli «InFinBank» ATB; H/r: 20208000904597065001; MFO: 01070; STIR: 300 346 945; OKED: 11070; QQS ro’yxatdan o’tkazish kodi: 326 030 015 377.

4. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

4.1. Aksiyada ishtirok qilish uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, 18 yoshga to’lgan yuridik salohiyatli jismoniy shaxslarga ruxsat beriladi.
4.2. Aksiyada ishtirok qilish uchun Tashkilotchi xodimlariga, uning ta’sischilari va ularning affillangan shaxslariga, shuningdek ularning oila a’zolariga; Tashkilotchi Aksiyani amalga oshirish bilan bog’liq fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzgan jismoniy shaxslarga; Aksiyani o’tkazishga jalb qilinadigan tashkilotlar xodimlariga, shuningdek ularning oila a’zolariga ruxsat berilmaydi.

5. AKSIYANI O’TKAZISH MUDDATLARI

5.1. Aksiyani o’tkazish umumiy muddatlari: 2021 yil 05 iyuldan 2021 yil 31 oktyabrgacha.
5.2. Ishtirokchilar tomonidan Yagona kodlarning ro’yxatdan o’tkazilish muddati: 2021 yil 05 iyul soat 00:00 dan 2021 yil 03 oktyabr soat 23:59 gacha.
5.3. Aksiya sovrinlarini oluvchi G’oliblarni aniqlash 2021 yil 12 iyuldan 2021 yil 08 oktyabrgacha davrda amalga oshiriladi.
5.4. Aksiya yakunlarini ko’rib chiqish va sovrinlarni berish Aksiya Tashkilotchisi tomonidan 2021 yil 05 iyuldan 2021 yil 31 oktyabrgacha davrda amalga oshiriladi. 
5.5. Aksiyani o’tkazish muddati Tashkilotchining tashabbusiga asosan uzaytirilishi mumkin. Aksiyani o’tkazish muddati uzaytirilgan holatda, Ishtirokchilar Tashkilotchi tomonidan faqat Tashkilotchining Saytida tegishli axborot e’lon qilinishi orqali qo’shimcha ravishda xabardor qilinadi. 

6. AKSIYANING SOVRIN FONDI

6.1. «Mobil telefonga pullar» sovrini – umumiy soni 80 000 ta (sakson mingta) sovrindan iborat. «Mobil telefonga pullar» sovrini Aksiya Tashkilotchisi tomonidan Aksiyada ishtirok qilish uchun ro’yxatdan o’tkazilgan Ishtirokchining mobil telefoni hisobvarag’iga (balansiga) o’tkaziladigan 5 000 (besh ming) so’m miqdoridagi pul mablag’ini o’z ichiga oladi.*
6.2. «Har haftalik o’yin sovrinlari» – umumiy soni 65 ta (oltmish beshta) sovrindan iborat:

t/r

Nomi

O’lchov birligi

Miqdori

1.

Simsiz quloqchinlar

dona

26 ta (yigirma oltita)

2.

Zaryadlash qurilmasi (Power Bank)

dona

39 ta (o’ttiz to’qqizta)

Sovrinlar qiymati Tashkilotchi tomonidan «Har haftalik o’yin sovrinlari» xarid qilinishi uchun xarajatlarni, shuningdek «Har haftalik o’yin sovrinlari»ning ajralmas qismi hisoblangan pul mablag’larini o’z ichiga oladi. Pul mablag’lari Tashkilotchi tomonidan soliq agenti funksiyasini bajarish maqsadida ushlab qolinadi. Alohida pul mablag’lari G’olibga taqdim qilinmaydi. «Har haftalik o’yin sovrinlari»ning pul ekvivalenti nazarda tutilmagan va to’lanmaydi.
«Har haftalik o’yin sovrinlari»ni berish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
• Toshkent shahrida yashovchilar uchun – Tashkilotchining quyidagi manzil bo’yicha joylashgan ofisida: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 1-tor ko’cha, 24, 25, 25a-uy;
• O’zbekiston Respublikasining boshqa regionlarida yashovchilar uchun – G’oliblar tomonidan Saytda ro’yxatdan o’tkazilishda Shaxsiy kabinetda ko’rsatilgan manzillar bo’yicha kurerlik yoki pochta orqali yetkazib beriladi.
6.3. «Har oylik o’yin sovrinlari» – umumiy soni 18 ta (o’n sakkizta) sovrindan iborat.
«Har oylik o’yin sovrinlari» sovrin fondi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

t/r

Nomi

O’lchov birligi

Miqdori

1.

Mobil telefoni

dona

12 ta (o’n ikkita)

2.

Planshet

dona

3 ta (uchta)

3.

Elektrosamokat

dona

3 ta (uchta)

Sovrinlar qiymati Tashkilotchi tomonidan «Har oylik o’yin sovrinlari» xarid qilinishi uchun xarajatlarni, shuningdek «Har oylik o’yin sovrinlari»ning ajralmas qismi hisoblangan pul mablag’larini o’z ichiga oladi. Pul mablag’lari Tashkilotchi tomonidan soliq agenti funksiyasini bajarish maqsadida ushlab qolinadi. Alohida pul mablag’lari G’olibga taqdim qilinmaydi. «Har oylik o’yin sovrinlari»ning pul ekvivalenti nazarda tutilmagan va to’lanmaydi.

«Har oylik o’yin sovrinlari»ni berish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
• Toshkent shahrida yashovchilar uchun – Tashkilotchining quyidagi manzil bo’yicha joylashgan ofisida: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 1-tor ko’cha, 24, 25, 25a-uy;
• O’zbekiston Respublikasining boshqa regionlarida yashovchilar uchun – G’oliblar tomonidan Saytda ro’yxatdan o’tkazilishda Shaxsiy kabinetda ko’rsatilgan manzillar bo’yicha kurerlik yoki pochta orqali yetkazib beriladi.
* DIQQAT! Masofadan bank xizmatlarini ko’rsatish tizimi doirasida texnik imkoniyatlar mavjud emasligi tufayli yuqorida qayd etilgan Ishtirokchilar uchun «Mobil telefonga pullar» sovrinini Humans mobil operatori Abonenti hisoblangan Ishtirokchining mobil telefoni hisobvarag’iga (balansiga) pul mablag’lari o’tkazilishini amalga oshirish mumkin emas. 
6.4. «Avtomobil» Bosh sovrini – umumiy soni 1 ta (bitta) sovrindan iborat. «Avtomobil» Bosh sovrini modeli, butlanish qismlari, ishlab chiqarilgan yili va boshqa tavsiflari Tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

t/r

Nomi

O’lchov birligi

Miqdori

1.

Avtomobil

dona

1 ta (bitta)

Sovrinlar qiymati Tashkilotchi tomonidan «Avtomobil» Bosh sovrini xarid qilinishi uchun xarajatlarni, shuningdek «Avtomobil» Bosh sovrinining ajralmas qismi hisoblangan pul mablag’larini o’z ichiga oladi. Pul mablag’lari Tashkilotchi tomonidan soliq agenti funksiyasini bajarish maqsadida ushlab qolinadi. Alohida pul mablag’lari G’olibga taqdim qilinmaydi. «Avtomobil» Bosh sovrinining pul ekvivalenti nazarda tutilmagan va to’lanmaydi.
6.5. Sovrin olgan shaxslarga soliq solinishi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6.6. Aksiya davri davomida har bir Ishtirokchi eng ko’pi bilan har bir turdagi bitta Sovrinni olishi mumkin. Mazkur Qoidalarning 6.1-6.4-bandlarida ko’rsatilgan Sovrinlar turlaridan birini olish Ishtirokchi tomonidan (tegishli yutuqli o’yinda g’olib kelgan holatda) Qoidalarning mazkur bandida ko’rsatilgan miqdor doirasida boshqa Sovrin olinishiga to’sqinlik qilmaydi.
6.7. Mazkur Qoidalarning 5-bo’limida ko’rsatilgan Aksiyani o’tkazish muddatlaridan qat’i nazar, Tashkilotchi istalgan vaqtda:
•Aksiya o’tkazilishini to’xtatish;
•Sovrinlar berilishini to’xtatish, shu jumladan Aksiyaning Sovrin fondi tugagan holatda;
•Aksiya va mazkur Qoidalarning har qanday shartlarini o’zgartirish;
•Aksiyaning Sovrin fondini qisqartirish yoki ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qilishga;
•Aksiya va mazkur Qoidalarga tegishli boshqa qarorlar qabul qilishga haqli.
Bunday qaror to’g’risida axborot faqat Saytda joylashtiriladi, bunda Ishtirokchi bunday axborotning Saytda joylashtirilishini mustaqil ravishda kuzatib boradi va bunday qaror Saytda joylashtirilgan paytdan e’tiboran qayd etilgan qaror to’g’risida xabardor qilingan hisoblanadi.

7. AKSIYADA ISHTIROK QILISH TARTIBI

7.1. Aksiyada ishtirok qilish uchun quyidagilar talab qilinadi:
7.1.1. Aksiyani o’tkazish davrida Aksiyada ishtirok qilayotgan Mahsulotni xarid qilish;
7.1.2. Quyidagi uchta usuldan biri orqali Aksiya ishtirokchisi sifatida ro’yxatdan o’tish:
•Saytda e’lon qilingan ko’rsatmalarga amal qilingan holda Saytda ro’yxatdan o’tish;
•3800 qisqa raqamga Yagona kod bilan SMS-xabarnoma yuborish (xabarnoma narxi pullik va Ishtirokchi tomonidan mustaqil ravishda uyali aloqa operatorining tarif rejasiga asosan to’lanadi);
•Yagona kod bilan Chat-bot Telegram orqali xabarnoma yuborish.
7.2. Ishtirokchi tomonidan SMS-xabar yuborish orqali birinchi Yagona kod ro’yxatdan o’tkazilganida, Ishtirokchi uning voyaga yetganligini va Saytda e’lon qilingan Aksiya Qoidalariga roziligini tasdiqlaydi.
7.3. Ishtirokchining SMS-xabar va Yagona kodlar bilan Chat-bot Telegram messendjeri orqali xabarnoma yuborish orqali birlamchi ro’yxatdan o’tkazilishi Saytda Ishtirokchini ro’yxatdan o’tkazish uchun to’siq hisoblanmaydi, xuddi shunday Saytda Ishtirokchining birlamchi ro’yxatdan o’tkazilishi Chat-bot Telegram messendjeri SMS-xabarlarini yuborish orqali Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun to’siq hisoblanmaydi (Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish va yuborish usulidan qat’i nazar, ularning ro’yxatdan o’tkazilish tarixini Ishtirokchining Saytdagi Shaxsiy kabinetidan olish mumkin bo’ladi).
7.4. Yagona kodlarning ro’yxatdan o’tkazilganligi fakti Ishtirokchining mazkur Qoidalarga to’liq roziligini tasdiqlaydi, shuningdek mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan shartlarda Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlarining Tashkilotchi tomonidan ishlanishiga Ishtirokchining roziligi hisoblanadi.
7.5. Aksiya Tashkilotchisi Ishtirokchining Shaxsiy kabinetidagi ma’lumotlarni o’zgartirishga va ulardan foydalanishga haqli emas.
7.6. Saytda ro’yxatdan o’tkazilganligi tasdiqlangandan so’ng Ishtirokchi Shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
7.7. Ishtirokchi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan har bir Yagona kod Ishtirokchining Saytdagi Shaxsiy kabinetida Aksiyani o’tkazish butun muddati davomida qayd etiladi.
7.8. Navbatdagi (kelgusi) to’g’ri Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazgan har bir Ishtirokchi har bir javob SMS-xabar, Telegram messendjer Chat-botidagi xabarda va Saytdagi xabarda (Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish usuliga qarab) ushbu Yagona kod ro’yxatdan o’tkazilganligining tasdiqnomasini oladi, bunday kod valid (to’g’ri) hisoblanadi.
7.9. Ro’yxatdan o’tkazish uchun noto’g’ri Yagona kod bergan har bir Ishtirokchi javob SMS-xabar, Telegram messendjer Chat-botidagi xabarda yoki Saytdagi elektron xabarnomada, Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish usuliga qarab, bunday Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazishning imkoniyati yo’qligi to’g’risida bildirish xati oladi.
7.10. Mazkur Qoidalarga muvofiq Ishtirokchilarga yuborilgan javob SMS-xabarlar Ishtirokchilar uchun bepul hisoblanadi.
7.11. Yagona kodlar quyidagi holatlarda ro’yxatdan o’tkazilmaydi:
•Agar Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida murojaatnoma soxta yoki noto’g’ri Yagona kodlarni o’z ichiga olgan bo’lsa;
•Agar Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida murojaatnoma bundan oldin ro’yxatdan o’tkazilgan Yagona kodlarni o’z ichiga olgan bo’lsa;
•Agar Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida murojaatnoma 2021 yil 05 iyul soat 00:00 dan oldin yoki 2021 yil 03 oktyabr soat 23:59 dan keyin yuborilgan bo’lsa;
•Agar Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida murojaatnoma xorijiy davlat hududidan yuborilgan bo’lsa (arizalar yuborilgan punktlar telefon operatori tarmog’ining kodi bo’yicha aniqlanadi);
•Agar Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida murojaatnoma xato ravishda bir Ishtirokchi tomonidan ketma-ket uch martadan ko’proq yuborilgan bo’lsa;
•Agar Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida murojaatnomani yuborgan shaxs mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan talablarga javob bermasa.
7.12. Aksiya Tashkilotchisi Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida olingan murojaatnomalarning mazkur Qoidalarga muvofiqligi yuzasidan bir tomonlama tartibda qat’iy qaror qabul qilishga haqli.
7.13. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok qilish bilan bog’liq savollarni Tashkilotchiga quyidagi vositalar orqali yuborishlari mumkin:
•Elektron pochta manzili bo’yicha: info@flashup-promo.uz;
•Tun-kun ishlaydigan bevosita aloqa liniyasi telefoni bo’yicha: + 998 78 120 01 00.
Ro’yxatdan o’tkazilgan Ishtirokchilardan elektron xatlar faqat Saytda ro’yxatdan o’tkazishda Ishtirokchilar tomonidan ko’rsatilgan elektron pochta manzillaridan qabul qilinadi.

8. “MOBIL TELEFONGA PULLAR” SOVRININI OLISH UCHUN G’OLIBNI ANIQLASH TARTIBI

8.1. “Mobil telefonga pullar” sovrini 5 ta (beshta) Yagona kodni birinchi bo’lib ro’yxatdan o’tkazgan Ishtirokchilarga mazkur Qoidalarning 6.1-bandida qayd etilgan Sovrin fondi doirasida mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
8.2. Ishtirokchining mobil telefoni hisobvarag’iga (balansiga) pul mablag’lari o’tkazilishi Ishtirokchi tomonidan mazkur Qoidalarga rioya qilingan holda Ishtirokchi tomonidan 5 ta (beshta) Yagona kod ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan e’tiboran 10 (o’n) kalendar kuni ichida amalga oshiriladi. Pul mablag’larini hisobga o’tkazish vaqti uzaytirilishi mumkin va bu uyali aloqa operatoriga bog’liq bo’ladi.
8.3.  Tashkilotchi tomonidan “Mobil telefonga pullar” sovrini mablag’ining Ishtirokchi tomonidan ko’rsatilgan mobil telefon raqami hisobvarag’iga (balansiga) o’tkazilish imkoniyati bo’lmagan holatda:
• Shaxsiy kabinetda Saytdagi Yagona kodlarni “Sovrin” maqomida ro’yxatdan o’tkazuvchi Ishtirokchilar uchun ko’rsatilgan mobil telefon raqamiga “Mobil telefonga pullar” sovrini mablag’ini o’tkazish imkoniyati yo’qligi to’g’risida xabarnoma keladi. Ishtirokchiga Shaxsiy kabinetda oldingi ko’rsatilgan mobil telefon raqamini o’zgartirish taklif qilinadi. Mobil telefon raqami o’zgartirilganidan so’ng (agar undan o’tkazma uchun foydalanish mumkin bo’lsa) barcha yuborilmagan “Mobil telefonga pullar” sovrini mablag’lari mobil telefonining yangi raqami balansiga qaytadan yuboriladi;
• SMS-xabar orqali Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazuvchi Ishtirokchilar uchun mobil telefon raqamiga Saytda Shaxsiy kabinetdagi mobil telefon raqamini o’zgartirish taklifi bilan xabarnoma keladi;
• Chat-bot Telegram orqali Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazuvchi Ishtirokchilar uchun mobil telefon raqamiga Saytda Shaxsiy kabinetdagi mobil telefon raqamini o’zgartirish taklifi bilan xabarnoma keladi.
8.4.  Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan noaniq yoki xato ma’lumotlar taqdim qilinishi oqibatida “Mobil telefonga pullar” sovrini noto’g’ri yoki mavjud bo’lmagan telefon raqami bo’yicha yuborilgan holatda javobgar bo’lmaydi.

9. HAR HAFTALIK VA HAR OYLIK O’YNALADIGAN SOVRINLAR G’OLIBLARINI ANIQLASH TARTIBI

9.1. «Har haftalik o’yin sovrinlari» va «Har oylik o’yin sovrinlari» G’oliblari, tegishli ravishda, har hafta va har oyda, mazkur Qoidalar bo’limida ko’rsatilgan davrlarda, Ishtirokchilar tomonidan taalluqli davrda ro’yxatdan o’tkazilgan barcha valid (to’g’ri) Yagona kodlar orasida aniqlanadi: 
9.1.1. Har haftalik o’yin sovrinlari:

Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish davri

Sovrin o’ynaladigan sana

Sovrin o’ynalishida G’oliblar soni

Muayyan  Sovrin o’ynalishi uchun sovrinlar turlari va G’oliblarni aniqlash ketma-ketligi Sovrin o’ynaladigan kunda Ekspert komissiyasi tomonidan  sovrinlar ro’yxatidan belgilanadi (mazkur Qoidalarning 6.2-bandiga asosan)

05.07.2021 - 11.07.2021

12.07.2021

5








1. Simsiz quloqchinlar
2. Zaryadlash qurilmasi (Power Bank)
 

12.07.2021 - 18.07.2021

19.07.2021

5

19.07.2021 - 25.07.2021

26.07.2021

5

26.07.2021 - 01.08.2021

02.08.2021

5

02.08.2021- 08.08.2021

09.08.2021

5

09.08.2021 – 15.08.2021

16.08.2021

5

16.08.2021 - 22.08.2021

23.08.2021

5

23.08.2021 - 29.08.2021

30.08.2021

5

30.08.2021 - 05.09.2021

06.09.2021

5

06.09.2021 - 12.09.2021

13.09.2021

5

13.09.2021 - 19.09.2021

20.09.2021

5

20.09.2021 - 26.09.2021

27.09.2021

5

27.09.2021 – 03.10.2021

04.10.2021

5

13 hafta

 

65 nafar g’olib

65 ta sovrin

9.1.2. Har oylik o’yin sovrinlari:

Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish davri

Sovrin o’ynaladigan sana

Sovrin o’ynalishida G’oliblar soni

Sovrin turi

05.07.2021 - 31.07.2021

02.08.2021

6

 

1. Mobil telefoni
2. Planshet
3. Elektrosamokat

01.08.2021 - 31.08.2021

06.09.2021

6

01.09.2021 – 03.10.2021

04.10.2021

6

3 oy

 

18 nafar g’olib

18 ta sovrin

10. “AVTOMOBIL” BOSH SOVRINLI O’YIN G’OLIBLARINI ANIQLASH TARTIBI

10.1.  «Avtomobil» Bosh sovrinli o’yin g’oliblari bir marta, mazkur Qoidalar bo’limida ko’rsatilgan davrda, Ishtirokchilar tomonidan Aksiyaning butun davri mobaynida ro’yxatdan o’tkazilgan barcha valid (to’g’ri) Yagona kodlar orasida aniqlanadi:

Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish davri

Sovrin o’ynaladigan sana

Sovrin o’ynalishida G’oliblar soni

Sovrin turi

05.07.2021 - 03.10.2021

08.10.2021

1 (bitta) sovrinli Yagona kod

Avtomobil

3 oy

 

1 (bitta) sovrin

1 ta sovrin

11. SOVRINLAR O’YNALISHINI O’TKAZISH TARTIBI

11.1. Sovrinlar o’ynalishi Tashkilotchi tomonidan mazkur Qoidalarda Sovrinlarning har bir turi bo’yicha ko’rsatilgan davrlarda amalga oshiriladi.
11.2. Sovrinlar o’ynalishi Saytda Yagona kodni tasodifiy tanlash generatori dasturiy ta’minotidan foydalangan holda Tashkilotchi tomonidan o’tkaziladi. Sovrinlar o’ynalishi natijalari faqat Saytda e’lon qilinadi. Dasturiy ta’minotning asosiy harakatlanish qoidasi Ishtirokchilar tomonidan muayyan davr mobaynida ro’yxatdan o’tkazilgan barcha kodlar orasidan Yagona kodni tasodifiy tanlashdan iborat. Sovrinlar o’ynalishi Ekspert komissiyasi ishtirokida amalga oshiriladi, «on-line» rejimida namoyish qilinadi va Saytda “G’oliblar” bo’limida alohida ilova qilingan video-blok bilan joylashtiriladi.
11.3. Aksiya Tashkilotchisi yutuqli Yagona kodlar aniqlanishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minot Sovrinlar o’ynalishi o’tkaziladigan paytga qadar o’yin natijasini oldindan bilish imkonini beradigan tartibotlar va algoritmlarni o’z ichiga olmaydi, ruxsatsiz foydalanishdan himoyalangan hamda yashirin algoritmlarni (shu jumladan, kompyuter dasturlarining dastlabki matnlarini), axborot massivlarini, uzellar yoki agregatlarni o’z ichiga olmaydi.
11.4. G’oliblarni tanlash tartibotining barcha shartlariga va Aksiyani o’tkazish tartibiga rioya qilinishi uchun Aksiya Tashkilotchisining vakillaridan eng kamida 3 (uch) kishidan iborat Ekspert komissiyasi tuziladi. Aksiyaga ishonchni oshirish maqsadida, Tashkilotchining qaroriga ko’ra, Ekspert komissiyasi yig’ilishida Aksiya Ishtirokchilari orasidan mustaqil vakillar ishtirok qilishlari mumkin. 
11.5. Ekspert komissiyasining vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• Aksiya o’tkazilishiga tayyorgarlikni nazorat qilish;
• Sovrinlar o’ynalishini tashkillashtirish;
• Mazkur Qoidalarda belgilangan tartibga muvofiq, G’olib(lar) tanlovini o’tkazish;
• Har haftalik o’yinlar uchun Sovrinlar turlarini va G’oliblarni aniqlash ketma-ketligini belgilash;
• Tegishli hujjat (Bayonnoma) tuzish orqali Aksiyani o’tkazish natijasini tasdiqlash;
• Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish tadbirlarini videosuratga olish. 
11.6. Ekspert komissiyasining kotibi Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish bayonnomasini yuritadi va unda quyidagilarni aks ettiradi:
• Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish vaqti va joyi; 
• Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish komissiyasi tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar; 
• Mustaqil vakil (Ishtirokchilar tarkibidan tanlab olingan, Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazgan, Sovrinlar o’ynalishi jarayonida ishtirok qilayotgan vakil) to’g’risidagi ma’lumotlar;
• Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish komissiyasining bevosita real vaqtda yuz bergan tartibdagi harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlar;
• Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish natijalari, G’olib(lar) to’g’risidagi ma’lumotlar.
G’oliblarni aniqlash yakunlanganidan so’ng, Ekspert komissiyasi a’zolari tomonidan Bayonnoma imzolanadi. Ushbu Bayonnoma yagona hisoblanadi va kelgusida Sovrinlar o’ynalishi yakunlari bo’yicha shikoyatlar qabul qilinmaydi. 
11.7. Sovrinlar o’ynalishi o’tkazilganidan so’ng 72 (etmish ikki) soat mobaynida Tashkilotchi G’olib bilan Saytda ro’yxatdan o’tkazilishda Shaxsiy kabinetida ko’rsatilgan mobil telefon raqamlari bo’yicha bog’lanadi va bunday Ishtirokchini yutuq to’g’risida xabardor qiladi.
11.8. Sovrinlar o’ynalishini o’tkazish vaqtida Ekspert komissiyasi har bir asosiy sovrinli kod uchun qo’shimcha ravishda 2 ta (ikkita) zaxira sovrinli Yagona kodni belgilaydi, ular (tartib raqamiga asosan (ikkinchi va uchinchi) ketma-ketlikda) quyidagi holatlarda sovrinli deb e’tirof qilinishi mumkin:
• Agar Aksiya Tashkilotchisi Sovrinlar o’ynalishi o’tkazilgan kundan e’tiboran 7 (etti) kalendar kuni mobaynida G’olib bilan Shaxsiy kabinetida ko’rsatilgan mobil telefon raqamlari bo’yicha bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lmasa;
• G’olib tomonidan mazkur Qoidalar buzilishlari aniqlangan holatda;
• Agar G’olib bundan oldin avvalgi Sovrinlar o’ynalishida Sovrin olgan bo’lsa. 
• Agar Aksiya Tashkilotchisi Sovrinlar o’ynalishi o’tkazilgan kundan e’tiboran 7 (etti) kalendar kuni mobaynida G’olib bilan Shaxsiy kabinetida ko’rsatilgan mobil telefon raqamlari bo’yicha bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lmasa;
• G’olib tomonidan mazkur Qoidalar buzilishlari aniqlangan holatda;
• Agar G’olib bundan oldin avvalgi Sovrinlar o’ynalishida Sovrin olgan bo’lsa.

12. ISHTIROKCHILARNI AKSIYA O’TKAZILISH MUDDATLARI VA QOIDALARI TO’G’RISIDA XABARDOR QILISH USULI VA TARTIBI

12.1. Ishtirokchilar Aksiya qoidalari va uni o’tkazish muddatlari to’g’risida quyidagi usullar bilan xabardor qilinadi:
12.1.1. Mahsulotda Aksiyaning qisqa Qoidalarini joylashtirish orqali;
12.1.2. Saytda 2021 yil 01 iyuldan 2021 yil 31 oktyabrgacha davrda Aksiyaning to’liq Qoidalarini joylashtirish orqali;
12.1.3. 2021 yil 01 iyuldan 2021 yil 10 oktyabrgacha davrda quyidagi “Bevosita aloqa bog’lash liniyasi” telefon raqamlari bo’yicha qo’ng’iroq qilish orqali: + 998 78 120 01 00

13. AKSIYA ISHTIROKCHILARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

13.1. Ishtirokchilar quyidagi huquqlarga ega:
13.1.1. Aksiya Qoidalari bilan tanishib chiqish va mazkur Qoidalarda qayd etilgan manbalardan ma’lumotlar olish;
13.1.2. Aksiyada mazkur Qoidalar bilan belgilangan tartibda ishtirok qilish;
13.1.3. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tegishli Aksiya shartlariga rioya etilgan holda Sovrinlarni olish;
13.1.4. Aksiyada ishtirok qilishni va/yoki Sovrin olishni rad qilishi to’g’risida ma’lum qilish. Ishtirokchi Aksiyada ishtirok qilishni va/yoki Sovrin olishni rad qilishi to’g’risida Tashkilotchiga bildirish xatini yozma shaklda va/yoki elektron pochta orqali (Saytda ro’yxatdan o’tkazilgan manzil bo’yicha) yuborgan sanadan e’tiboran sovrin olish uchun o’zining barcha huquqlarini avtomatik ravishda yo’qotishidan xabardor ekanligini va bunga rozilik bildirishini tasdiqlaydi. Tashkilotchi Ishtirokchiga Saytda ko’rsatilgan elektron pochta manzili bo’yicha Ishtirokchini Aksiyadan chiqarib tashlash to’g’risida bildirish xati yuboradi.
13.2. Ishtirokchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
13.2.1. Aksiyada ishtirok qilish tufayli yetkazilgan barcha xarajatlarni (shu jumladan, Internetdan foydalanish, SMS-xabarlar yuborish bilan bog’liq xarajatlar va barcha boshqa xarajatlarni) to’lash. Tashkilotchi qayd etilgan to’lovlarni olmaydi va ular hisobidan Aksiyaning Sovrin fondini shakllantirmaydi;
13.2.2. Mahsulotdan kalitlarni, Aksiyada ishtirok qilish uchun ro’yxatdan o’tkazilgan Yagona kodlarni saqlash va Tashkilotchining rasmiy talabnomasiga ko’ra, Aksiyada ro’yxatdan o’tkazilgan Yagona kodlar bilan kalitlarning asl nusxasini taqdim qilish. Tashkilotchiga uning rasmiy talabnomasiga ko’ra Aksiyada ro’yxatdan o’tkazilgan Yagona kodlar bilan kalitlar taqdim qilinmagan holatda, Tashkilotchi ushbu Yagona kodlarni Aksiyada ishtirok qilishdan istisno qilishga, shuningdek Aksiya Ishtirokchisini G’olib deb e’tirof qilmaslikka va unga Sovrin berilishini rad qilishga haqli;
13.2.3. Tashkilotchi tomonidan, shuningdek uning tomonidan vakolat berilgan vakolatli shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan barcha kerakli hujjatlarni (shu jumladan, Sovrinni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini) imzolash;
13.2.4. Aksiyani o’tkazish davomida Ishtirokchi tomonidan uchinchi shaxslarning huquqlari buzilishi tufayli uchinchi shaxslar tomonidan Tashkilotchiga biron-bir shikoyat bildirilgan holatda, Ishtirokchi bunday nizolarni mustaqil ravishda hal qilish bo’yicha mas’uliyatni o’ziga oladi.
13.3. Ishtirokchilarga yutuq to’g’risida xabarnomalar yuborish va sovrinlarni (yutuq holatida) yetkazib berish, axborot xabarnomalarini yuborish, Aksiya ishtirokchilari bilan yakka tartibda muloqot qilish, Ishtirokchilar reestrini yuritish va ularni identifikasiyalash, Aksiya g’oliblari ro’yxatini e’lon qilish maqsadida Aksiya Ishtirokchilari Tashkilotchiga quyidagi axborotni (shaxsiy ma’lumotlarni) taqdim qilish majburiyatini oladi: 
• Familiyasi, ismi, otasining ismi;
• Tug’ilgan sanasi;
• Jinsi;
• Mobil telefon raqami;
• Elektron pochta manzili.
13.4. Aksiya Tashkilotchisining rasmiy talabnomasiga ko’ra (shu jumladan, mazkur Qoidalar buzilganligiga shubhalar paydo bo’lganda), Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
13.4.1. Tashkilotchi tomonidan marketing tahlilini o’tkazish va statistik axborotni tayyorlash maqsadida energetik ichimliklarni iste’mol qilish chastotasi, energetik ichimliklarning maqbul markalari, boshqa iste’mol qilinadigan energetik ichimliklar markalari to’g’risida ma’lumotlarni taqdim qilish;
13.4.2. Shaxsni identifikasiyalash, ro’yxatdan o’tkazishda ko’rsatilgan Ishtirokchi yoshini va Saytda ro’yxatdan o’tkazishda ko’rsatilgan ma’lumotlar shubhasiz to’g’riligini tasdiqlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim qilish; 
13.4.3. Ishtirokchi tomonidan mazkur Qoidalarning 13.3-bandida ko’rsatilgan ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchiga tegishli rasmiy talabnoma yuborilgan paytdan e’tiboran 3 (uch) kalendar kuni davomida Tashkilotchiga taqdim qilinmagan yoxud Ishtirokchini ro’yxatdan o’tkazishda asossiz yoki to’liqsiz ma’lumotlar ko’rsatilganligi yoxud Qoidalar yoki O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining boshqa buzilishlari aniqlangan holatda, Tashkilotchi Ishtirokchining ro’yxatdan o’tkazilganligini bekor qilishga, Saytdan foydalanishni rad etishga, Sovrin berilishini va kelgusida bunday Ishtirokchiga, shuningdek bunday Ishtirokchi tomonidan Saytda ro’yxatdan o’tkazishda ko’rsatilgan mobil telefon raqamlaridan, elektron pochta manzilidan yoki familiyasi, ismi va otasining ismidan foydalangan yoki kelgusida foydalanadigan barcha shaxslarga Aksiyada biron-bir tarzda ishtirok qilishni rad etishga haqli. Bunda Tashkilotchi bunday Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini saqlab qo’yishga haqli.
13.4.4. Tashkilotchiga quyidagi hujjatlarni tekshirish va nusxa ko’chirish uchun taqdim qilish (G’olibga «Har haftalik o’yin sovrinlari» yoki «Har oylik o’yin sovrinlari»ni topshirishda):
• Pasportning asl nusxasi;
• STIR guvohnomasining asl nusxasi.
13.4.5. Tashkilotchiga quyidagi hujjatlarni tekshirish va nusxa ko’chirish uchun taqdim qilish (G’olibga «Avtomobil» sovrinini topshirishda):
• Pasportning asl nusxasi;
• STIR guvohnomasining asl nusxasi;
• Sovrinni olish to’g’risida o’z nomidan tilxat.

14. TASHKILOTCHINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

14.1. Tashkilotchi quyidagilarga haqli:
14.1.1. Mazkur Qoidalarga muvofiq Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazmagan yoxud mazkur Qoidalarda ko’rsatilgan tartibda qoida buzilishi bilan Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazgan Ishtirokchiga sovrin berilishini rad etish;
14.1.2. Mazkur Qoidalarda qayd etilgan talablarga javob bermaydigan shaxslarni Aksiya ishtirokchilari sifatida e’tirof qilmaslik va bunday shaxslarga biron-bir sovrin berilishini rad etish;
14.1.3. Ishtirok qilish uchun barcha yoki har qanday arizalarni haqiqiy emas deb e’tirof etish, shuningdek Aksiyada ishtirok qilish va Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish (shu jumladan, biroq cheklanmagan holda, Yagona kodlarni sotish/ ayirboshlash/ xarid qilish/ berish/ sovg’a qilish) uchun arizalarni qalbakilashtiradigan va/yoki arizalarni har qanday qalbakilashtirishdan yoki ariza berish jarayonini buzishdan foyda oladigan yoxud mazkur Aksiya bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday boshqa shaxsni haqoratlash, tahdid solish, bezovta qilish maqsadidagi harakatlarni yoki har qanday boshqa qonunga xilof harakatlarni amalga oshiradigan har qanday shaxsga yoxud Tashkilotchining har qanday Mahsuloti to’g’risida oshkora salbiy fikr bildiradigan Ishtirokchiga yoki Aksiyada ishtiroki Tashkilotchi obro’si uchun xavf tug’diradigan Ishtirokchiga mazkur Aksiyada kelgusi ishtirok qilishni taqiqlash;
14.1.4. Aksiya Ishtirokchisi tomonidan bir sutkada 3 ta (uchta) noto’g’ri Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazishga urinish holatida, Ishtirokchi blokirovka qilinadi va noto’g’ri Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazishga so’nggi urinish paytidan e’tiboran 24 (yigirma to’rt) soat davomida mavjud usullardan hech biri orqali Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Ishtirokchi tomonidan noto’g’ri Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazishga takroriy urinish holatida, Ishtirokchi blokirovka qilinadi va noto’g’ri Yagona kodni ro’yxatdan o’tkazishga so’nggi urinish paytidan e’tiboran 72 (etmish ikki) soat davomida mavjud usullardan hech biri orqali Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Kelgusida Ishtirokchi tomonidan noto’g’ri Yagona kodlarni ro’yxatdan o’tkazishga urinishlar Aksiya tugagungacha Ishtirokchini to’liq blokirovka qilish va Ishtirokchini Aksiyada ishtirok qilishdan chetlatish orqali bartaraf etiladi. 
14.1.5. Agar Ishtirokchi Yagona kodli kalitlarning asl nusxalarini taqdim qilolmasa, Ishtirokchiga sovrin berilishini rad etish; 
14.1.6. Tashkilotchi Ishtirokchilar bilan yozma muzokaralarga yoxud boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o’zida saqlab qoladi, mazkur Qoidalar va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
14.1.7. Agar biron-bir sababga ko’ra, shu jumladan kompyuter viruslari bilan zararlanish, mobil aloqa tarmog’idagi nosozliklar, nuqsonlar, manipulyasiyalar, ruxsatsiz aralashuvlar, qalbakilashtirish, texnik nosozliklar bilan bog’liq sabablar tufayli yoxud Tashkilotchi tomonidan nazorat qilinmaydigan, Aksiya o’tkazilishini, uning xavfsizligi, adolatliligi, yaxlitligi yoki tegishlicha o’tkazilishini buzadigan yoki bunga daxldor har qanday sababga ko’ra yoxud Aksiya o’tkazilishi vakolatli davlat organlari tomonidan to’liq yoki qisman taqiqlanishi tufayli mazkur Aksiyaning har qanday qismini rejalashtirilganidek o’tkazish imkoni bo’lmasa, Aksiya o’tkazilishini bir tomonlama tartibda bekor qilish, o’zgartirish yoki vaqtincha to’xtatish;
14.1.8. Ishtirokchi tomonidan Sovrin o’z vaqtida olinmagan holatda, olinmagan sovrinlar bo’yicha shikoyatlar ko’rib chiqilishini rad etish. Ishtirokchi tomonidan Sovrin takroran talab qilinishi mumkin emas. 
14.1.9. Ishtirokchi tomonidan mazkur Qoidalarda qayd etilgan hujjatlar taqdim qilinmagan holatda, sovrin berilishini rad etish.
14.2. Tashkilotchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
14.2.1. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan Aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilarga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda Aksiyaning sovrin fondi umumiy miqdori doirasidagi sovrinlarni berish.
14.2.2. Aksiya o’tkazilishi muddatdan oldin bekor qilingan yoki to’xtatib qo’yilgan holatda, bu haqda Ishtirokchilarni mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilish.
Mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan Aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilarga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda Aksiyaning sovrin fondi umumiy miqdori doirasidagi sovrinlarni berish.
Aksiya o’tkazilishi muddatdan oldin bekor qilingan yoki to’xtatib qo’yilgan holatda, bu haqda Ishtirokchilarni mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilish.

15. TASHKILOTCHI JAVOBGARLIGINING CHEKLANISHI

15.1. Aksiya Tashkilotchisi Ishtirokchi tomonidan Tashkilotchiga bog’liq bo’lmagan biron-bir sababga ko’ra Sovrinlarni olish imkoniyati yo’qligi uchun javobgar bo’lmaydi. 
15.2. Aksiya Tashkilotchisi Ishtirokchi tomonidan Sovrin olingandan so’ng undan kelgusida foydalanilganlik uchun hamda taqdim qilingan Sovrinlardan har qanday sababga ko’ra foydalanish imkoniyati yo’qligi uchun javobgar bo’lmaydi.
15.3. Aksiya Tashkilotchisi tabiiy ofatlar, virus epidemiyasi, karantin, yong’in, toshqin, har qanday xususiyatli urush harakatlari, qamallar kabi fors-major vaziyatlari, qonun hujjatlariga jiddiy o’zgartishlar kiritilishi, shuningdek Aksiya Tashkilotchisi tomonidan nazorat qilish mumkin bo’lmagan boshqa vaziyatlar boshlangan holatda javobgar bo’lmaydi. 
15.4. Aksiya Ishtirokchisiga Sovrin topshirilganida, Aksiya Tashkilotchisi Aksiya Ishtirokchisiga Sovrin topshirilgan paytdan e’tiboran Sovrinning tasodifan yo’q qilinishi yoki buzilishi xavfi uchun javobgar bo’lmaydi.
15.5. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisi tomonidan o’z ma’lumotlarini yuborishda yo’l qo’yilgan xatoliklar uchun, shuningdek bunday xatolar oqibatlari uchun, shu jumladan Aksiya Ishtirokchisi tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklar bilan bog’liq yetkazilgan xarajatlar uchun javobgar bo’lmaydi.
15.6. Aksiya Tashkilotchisi uchinchi shaxslar, shu jumladan uyali aloqa operatorlari va Internet-provayderlarning ish sifati va harakatlari uchun javobgar bo’lmaydi. 
15.7. Tashkilotchi Ishtirokchi xatolarining biron-bir oqibatlari, shu jumladan (boshqa sabablardan tashqari) ushbu xatoliklar tufayli yetkazilgan xarajatlar uchun javobgar bo’lmaydi.
15.8. Tashkilotchining sovrinlar sifatiga tegishli majburiyatlari ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan kafolatlar bilan cheklangan. Sovrinlar butunligi va funksional yaroqliligi Ishtirokchilar tomonidan bevosita ularni olish vaqtida tekshirilishi kerak. Tashkilotchi Ishtirokchiga Sovrin topshirilganidan so’ng yuzaga kelgan har qanday shikastlanishlar uchun javobgar bo’lmaydi. Sovrinlar sifati yuzasidan shikoyatlar bevosita sovrinlarni ishlab chiqaruvchilarga berilishi kerak. 

16. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI ISHLASH SIYOSATI

16.1. Aksiyada ishtirok etgan holda, Ishtirokchi taqdim qilingan shaxsiy ma’lumotlari Aksiya Tashkilotchisi tomonidan ishlanishiga, shu jumladan mazkur Aksiyani o’tkazish maqsadlari uchun Aksiyani o’tkazish butun muddati davomida shaxsiy ma’lumotlari to’planishi, tizimlashtirilishi, yig’ilishi, saqlanishi, aniqlik kiritilishi (yangilanishi, o’zgartirilishi), chiqarib olinishi, ishlatilishi, tarqatilishi, egasiz qilib qo’yilishi, blokirovka qilinishi, olib tashlanishi, yo’q qilinishiga o’z roziligini tasdiqlaydi.
16.2. Tashkilotchi Ishtirokchi Saytda ro’yxatdan o’tkazilishda Ishtirokchi tomonidan Shaxsiy kabinetni to’ldirish va Yagona kodlar shaxsiy ro’yxatdan o’tkazilish tarixini kelgusida kuzatib borish uchun mustaqil ravishda kiritiladigan quyidagi shaxsiy ma’lumotlar ro’yxati ishlanishini amalga oshiradi:
• Familiyasi, ismi va otasining ismi;
• Yoshi;
• Mobil telefon raqamlari; 
• Elektron pochta manzili.
16.3.  Aksiya Tashkilotchisi qo’shimcha ravishda «Har haftalik o’yin sovrinlari» va «Har oylik o’yin sovrinlari» hamda «Avtomobil» sovrini G’oliblari tomonidan mazkur Aksiya Qoidalariga rioya qilinganligini tasdiqlash uchun mustaqil ravishda taqdim qilingan quyidagi shaxsiy ma’lumotlari ishlanishini amalga oshiradi:
•Individual soliq to’lovchining identifikasiyalash raqami (STIR);
•Pasport ma’lumotlari (rekvizitlar, berilgan sana va uni bergan organ to’g’risidagi ma’lumotlar).
16.4. Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari Tashkilotchi tomonidan faqat vakolatli davlat organlari talablari asosida, shuningdek Qonun bilan nazarda tutilgan boshqa holatlarda berilishi yoki oshkor qilinishi mumkin. Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning trans-chegaraviy uzatilishi amalga oshirilmaydi. Ishtirokchi o’zi haqidagi ma’lumotlardan va/yoki uning shaxsiy ma’lumotlaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanayotganligi yoki foydalanganligi to’g’risidagi axborotdan foydalanishga haqli. 
16.5. Aksiyada ishtirok qilish fakti Ishtirokchining Tashkilotchi tomonidan (va Tashkilotchining topshirig’i/ buyrug’i bo’yicha faoliyat yuritadigan boshqa hamkorlar tomonidan) Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari Aksiyani o’tkazish maqsadlarida kerakli har qanday usullar orqali va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda ishlanishiga roziligining erkin, muayyan, xabardor va ongli ravishda ifodalanishi hisoblanadi. Mazkur Qoidalar maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlar deyilganida, muayyan yoki aniqlanadigan jismoniy shaxsga (shaxsiy ma’lumotlar sub’ektiga) bevosita yoki bilvosita tegishli bo’lgan har qanday axborot tushuniladi. Aksiya Ishtirokchisi shaxsan, o’z nomidan, ko’ngilli va mustaqil ravishda harakat qiladi. Aksiya Ishtirokchisi Aksiyada ehtimoliy ishtirok qilish bilan bog’liq javobgarlik va oqibatlarning barcha xavflarini o’ziga qabul qiladi.
16.6. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok qilish uchun ular tomonidan ko’rsatilgan/ taqdim qilingan shaxsiy ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan (boshqa hamkorlar tomonidan) Aksiyani o’tkazish maqsadlarida barcha kerakli usullar orqali ishlanishini tushunadilar va rozilik bildiradilar hamda mazkur Qoidalarni qabul qilishda bunday ishlanishga rozi bo’ladilar. 
16.7. Aksiyada ishtirok qilish fakti Ishtirokchi Aksiya G’olibi bo’lgan holatda, Aksiyada ishtirok qilish to’g’risida radio va televideniye, shuningdek boshqa ommaviy axborot vositalarida reklama intervyusini berishga, fotosuratli tasvirlar tayyorlash uchun suratga tushishga buning uchun biron-bir haq to’lanmagan holda rozilik bildirishini anglatadi. Tashkilotchi materiallar e’lon qilinganidan so’ng ularga nisbatan uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgar bo’lmaydi. 
16.8. Aksiya Tashkilotchisi va Tashkilotchining topshirig’i/ buyrug’i bo’yicha faoliyat yuritadigan boshqa hamkorlar quyidagi qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladilar va Ishtirokchiga shaxsiy ma’lumotlarni ishlash yuzasidan quyidagi kafolatlarni taqdim qiladilar: 
16.8.1. O’zbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash sohasidagi barcha qo’llaniladigan qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda, shu jumladan qonun hujjatlari bilan belgilangan shaxsiy ma’lumotlar operatorining qoidalari, talablari, majburiyatlariga rioya qilingan holda shaxsiy ma’lumotlar ishlanishini ta’minlash; 
16.8.2. Shaxsiy ma’lumotlarni faqat Aksiyani o’tkazish hajmida va maqsadlarida, shuningdek reklama maqsadlarida ishlash. Shaxsiy ma’lumotlar sub’ektlarini biron-bir mahsulotlar va xizmatlar to’g’risida xabardor qilish maqsadida, shuningdek har qanday boshqa maqsadlarda shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga va boshqacha turlarda ishlashga faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda va holatlarda yo’l qo’yiladi;
16.8.3. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya Ishtirokchilari oldidagi o’z majburiyatlarini bajarish maqsadida Aksiya Ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga berishi yoki o’zgacha tarzda oshkor qilishi talab qilingan holatda, qayd etilgan harakatlarni qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshirish; 
16.8.4. Aksiya Ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini ishlash vaqtida, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlar muhofaza qilinishi hamda ularning xavfsizligi va maxfiyligi ta’minlanishi uchun javobgar bo’lish. 
16.9. Ishtirokchi va/yoki shaxsiy ma’lumotlari Aksiya Ishtirokchisi tomonidan Tashkilotchiga (yoki uning vakiliga) taqdim qilingan shaxsiy ma’lumotlarning boshqa sub’ekti tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni ishlash uchun rozilikning qaytarib olinishi avtomatik ravishda tegishli Ishtirokchining Aksiyada ishtirok qilishdan chiqishiga olib keladi va Aksiya sovrinini olish imkoniyatidan mahrum qiladi. 

17. AKSIYANING BOSHQA SHARTLARI

17.1. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya g’oliblarini aniqlashda ob’ektivlikni, halollikni, xolislikni va to’g’rilikni ta’minlaydi. Aksiya Tashkilotchisi mazkur Qoidalarga har qanday o’zgartishlar va/yoki qo’shimchalar kiritishi, shu jumladan Aksiyaning amal qilish muddatlarini, Sovrinlarni olish shartlarini o’zgartirishi mumkin.
17.2. Aksiya Qoidalari, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartishlar Saytda e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
17.3. Sovrinlarni olish natijasida daromadlar qiymatiga soliq solish yuzasidan O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi Aksiya Tashkilotchisi tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibga asosan ta’minlanadi.
17.4. Internetdan foydalanish xarajatlari turli provayderlarda bir-biridan farq qilishi mumkin, shu tufayli Ishtirokchi mahalliy internet-xizmatlar ta’minotchisidan joriy narxlarni oldindan aniqlashtirishi kerak.
17.5. Tashkilotchi, shuningdek uning tomonidan vakolat berilgan shaxslar Internet-provayder yoxud Ishtirokchi ulangan uyali aloqa operatori ishidagi texnik to’xtalishlar uchun javobgar bo’lmaydilar, shuningdek aloqa operatorlarining 3800 qisqa raqamiga Yagona kodlarni yuborish imkoniyati ta’minlanishini rad etganliklari uchun javobgar bo’lmaydilar.
17.6. Ishtirokchi tomonidan SMS-xabar yuborish qiymati Ishtirokchi tomonidan mustaqil ravishda to’lanadi. SMS-xabar qiymati uyali aloqa operatori tomonidan o’zgartirilishi mumkin, shu tufayli Ishtirokchi SMS-xabarlarning aniq qiymati to’g’risidagi axborotni o’z uyali aloqa operatoridan mustaqil ravishda olishi kerak. 
17.7. 3800 qisqa raqamiga SMS-xabarlar yuborish xizmatlaridan quyidagi mobil operatorlar (tarmoqlar) abonentlari foydalanishlari mumkin: «UMS» (TM «Mobiuz»), «Uzmobile» (TM «Uzmobile»), «Unitel» (TM «Beeline»), «Coscom» (TM «Ucell»), «PerfectumMobile» (TM «Perfectum»), «Humans» (TM «Humans»).
17.8. Quyidagi mobil operatorlar (tarmoqlar) abonentlari uchun 3800 qisqa raqamiga bitta SMS-xabar yuborish qiymati quyidagilarni tashkil etadi (Aksiya boshlangan paytda va operator tomonidan o’zgartirilishi mumkin): 
• «UMS» (TM «Mobiuz») – 100 so’m, shu jumladan QQS;
• «Uzmobile» (TM «Uzmobile») – 100 so’m, shu jumladan QQS;
• «Unitel» (TM «Beeline») – 100 so’m, shu jumladan QQS;
• «Coscom» (TM «Ucell») – 100 so’m, shu jumladan QQS;
• «PerfectumMobile» (TM «Perfectum») – 100 so’m, shu jumladan QQS;
• «Humans» (TM «Humans») – 100 so’m, shu jumladan QQS.
17.9. Sovrinlarning tashqi ko’rinishi axborot va/yoki reklama materiallarida yoxud Mahsulotning o’ram idishida joylashtirilgan tasvirlardan farq qilishi mumkin.
17.10. Aksiyani o’tkazish natijalari yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.
17.11. Aksiya Tashkilotchisi va Aksiya Ishtirokchisi o’rtasidagi nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida ko’rib chiqiladi. Nizolarning sudgacha hal qilinishi (da’vo qilish tartibi) Taraflar uchun majburiydir. 
17.12. Aksiya Ishtirokchilari tomonidan Aksiyani tashkillashtirishga doir barcha ehtimoliy shikoyatlar Tashkilotchiga quyidagi pochta manzili bo’yicha yuborilishi kerak: info@flashup-promo.uz.

Kodni kiriting
Вы должны авторизоваться на сайте чтоб отправить код
Parolni tiklash
Telefon raqam
Sizning telefon raqamingizga
tasdiqlash uchun SMS kodi yuborildi!
Yangi parol
Parolni tasdiqlang
Tasdiqlash SMS kodi
Parol o'zgartirildi!
Shaxsiy kabinetga kirish
Telefon raqam
Parol
Ro'yxatdan o'tish uchun
shaxsiy ma'lumotlaringizni kiriting
Familiya
Ism
Jinsingiz
Tug'ilgan sanangiz
Viloyat
Telefon raqam
Sizning telefon raqamingizga
tasdiqlash uchun SMS kodi yuborildi!
Parol
Parolni tasdiqlang
Tasdiqlash SMS kodi